Prezidentdan vazirlargacha: Amirlikdan Mirziyoyev nomiga 5 ta maktub keldi 

Jamiyat

image

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga doimiy taraqqiyot va ravnaq tilab qolaman.

Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.”

Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga do‘stona tabrik va birodarona tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq, omonlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga davomiy rivoj va ravnaq tilab qolaman.

Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.”

 Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti,
Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va iliq tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat xursandman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga bardavom ravnaq va farovonlik tilab qolaman.

Chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz.”

Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari

Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi valiahdi 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va iliq tilaklarimni yo‘llashdan benihoya mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik-omonlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga ravnaq va taraqqiyot tilab qolaman.

Chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz.”

Shayx Mansur bin Zoid al-Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari,

Prezident ishlari bo‘yicha vaziri

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

“Siz Janobi Oliylariga iliq salomlarimni yo‘llagan holda Sizga sihat-salomatlik va omonlik, do‘st O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilashdan behad mamnunman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni izhor etishdan bag‘oyat xursandman. Bu esa xalqingizning Sizga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi. Qodir Allohdan Sizga mamlakatingiz xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar, yurtingizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik ato etishini so‘rayman. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari yanada rivojlanishini tilab qolaman.

Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.”

 Shayx Sayf bin Zoid al-Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari,

Ichki ishlar vaziri

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston bilan strategik aloqalarga ega bo‘lgan bir qancha davlatlarning rahbarlari, allaqachon, Mirziyoyevni mamlakat prezidentligiga qayta saylangani bilan tabriklab bo‘lgan. Jumladan,  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhoim Aliyev Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing