Rossiya xavotirda: Moskvaga mehnat muhojirlari oqimi keskin kamaydi
Olam
−
18 Oktabr 2021
14422Oxirgi 20 yil ichida birinchi marta Rossiya poytaxti Moskvaga mehnat muhojirlari oqimi keskin kamaydi. Bunday holat 2008-2009 yillarda moliyaviy inqiroz vaqtida yuz bergan. Ammo, o‘sha paytda ham mamlakatdan chiqib ketish bu qadar bo‘lmagan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri xabar berdi.
Moskva shahar statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida poytaxtning xorijiy ishchi kuchi o‘sishi 2015 yilning shu davriga nisbatan to‘rt barobardan ziyodga kamaygan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 9 oy davomida 174 mingdan ortiq muhojir Moskvaga kelgan va deyarli 160 ming kishi mamlakatdan chiqib ketgan. shunday qilib mamlakatda atigi 15 mingdan ortiq migrant qolgan, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 66 mingdan ziyodni tashkil qilar edi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tadqiqotiga ko‘ra, muhojirlar 2014 yil oxiridan boshlab tizimli ravishda poytaxtni tark eta boshlagan. So‘nggi ikki yil ichida savdo-sotiq sohasida ishlaydigan migrantlar soni 54 foizga, moliya sektorida 46 foizga, ularning ko‘pi esa ta’lim sohasini tashlab ketishgan. Bu sohada migrantlar soni deyarli ikki baravar kamaygan.
Umuman olganda, hozirda Moskvada migratsiya reyestrida 650 mingga yaqin chet el fuqarolari bor. Mutaxassislarga ko‘ra, poytaxtda muhojirlarning soni milliondan oshadi. Lekin, bu 5-6 yil oldingi holatning yarmi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Rossiya hududida noqonuniy yashayotgan chet elliklar majburiy chiqarib yuborilishi yoki ularga nisbatan boshqa ma’muriy chora qo‘llanilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi