“Tolibon”ga qarshi kuchlar masjiddagi portlashni o‘z bo‘yniga oldi
Olam
−
16 Oktabr 2021
7167ISHID terrorchilik guruhi Afg‘onistonning Qandahor shahrida joylashgan Bibi-Fotima masjididagi portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.
Turli manbalarga ko‘ra, 40 dan 60 nafargacha odamning hayotiga zomin bo‘lgan ushbu terrorchilik harakati juma nomozi vaqtida ikki nafar xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Portlash oqibatida, shuningdek yana 70 kishi yaralangan.
O‘z navbatida, Qandahordagi eng katta masjidda yuz bergan portlash yuzasidan O‘zbekiston munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda terrorchilik harakati keskin qoralangan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash ko‘ngilsizlik bir hafta oldin Afg‘onistonning boshqa bir viloyati – Qunduzda yuz bergandi. O‘shanda shia masjidida juma nomozi o‘qilayotganda portlash yuz berib, 50 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Yana ISHID, aniqrog‘i uning Afg‘oniston bo‘yicha bo‘limi – “Viloyat Xuroson” portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan.
Qayd etish kerakki, aynan ISHID xavfsizlik borasida “Tolibon” uchun haqiqiy “bosh og‘riq” bo‘lib turibdi. Buni o‘z navbatida, harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham ta’kidlagan. Harakat ushbu terrorchi guruhga qarshi kurashni, allaqachon boshlab yuborgan.
LiveBarchasi