Prezident Mirziyoyev Fumio Kishidani tabrikladi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2021 4779 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kishidaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbarining maktubida mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat ikki xalq farovonligi yo‘lida har tomonlama ro‘yobga chiqishiga ishonch bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fumio Kishida joriy yilning 4 oktyabr kuni Yaponiya Bosh vaziri etib saylandi. U mamlakatning 100-Bosh vaziri bo‘ldi.
Live
Barchasi