Bugun eng qadimiy tennis musobaqasining yarim final bahslari yakunlanadi

Sport

image

Tennis bo‘yicha London shahrida davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi. Sovrin jamg‘armasi 48 million dollardan ziyod bo‘lgan turnir ayollar o‘rtasida finalchilar nomi aniq bo‘ldi. 

Yarim final bahslari kecha, 8 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. WTA’ning birinchi raqamli tennischisi avstraliyalik Eshli Barti germaniyalik Anjelik Kerberni ikki setda (6:3, 7:5) mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Ikkinchi bahsda Chexiya vakilasi Karolina Plishkova belaruslik Arina Sobolenkoni 5:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda Barti va Plishkova to‘qnash keladigan bo‘ldi. O‘zaro bellashuvlarning beshtasida Eshli, ikki marta Karolina g‘alaba qozongan. Hal qiluvchi bahs ertaga, 10 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek erkaklar o‘rtasid bugun, 9 iyul kuni yarim final o‘yinlari o‘tkaziladi. 

Dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich ATP (Tennis professionallari assotsiatsiyasi) reytingida 12-pog‘onani egallab turgan kanadalik tennischi — 22 yoshli Denis Shapovalov bilan bahs olib boradi. Bunga qadar o‘tkazilgan oltita bahsning barchasida Novak g‘alaba qozongan.

Yarim final bosqichining ikkinchi bellashuvida Matteo Berrettini va Xubert Xurkach to‘qnash keladi. Tennischilarning o‘zaro uchrashuvlarda har ikkisi bir martadan g‘alaba qozongan. Yarim final o‘yinlari bugun, 9 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, tennis bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda ATP (erkaklar) va WTA (ayollar) reytingi uchun ochkolar va pul mukofotlari taqdim etiladi. Eng nufuzli to‘rtta musobaqa “Katta dubulg‘a” turkumiga kiradi. Bular: “Avstraliya ochiq chempionati” (Melburn, qattiq qoplamali), “Rolan Garros” (Parij, qum qoplamali), “Uimbldon” (London, maysa qoplamali), “AQSH ochiq chempionati” (Nyu-York, qattiq qoplamali).


Maqola muallifi

Teglar

Novak Jokovich Uimbldon WTA ATP Eshli Barti

Baholaganlar

7

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing