AQSHning Iroqdagi bazasi hujumga uchradi
Olam
−
05 iyul 2021
6953Iroqdagi AQSH va boshqa xorijiy davlatlar harbiylari joylashgan “Ayn Asad” harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirildi. Bazaga kamida uchta raketa uchirilgan. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
AQSH boshliq harbiy koalitsiya vakili Ueyn Marottoning ta’kidlashicha, hujum boshlangani haqida xabar soat 14:45 da kela boshlagan. Hozirda esa yetkazilgan zarar baholanmoqda.
Iroqning g‘arbiy qismidagi bazaning o‘qqa tutilishi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Ma’lumot uchun, AQSH ilgari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli kuchlarni Iroqdagi Amerika qo‘shinlarini muntazam o‘qqa tutishda ayblagandi.
Shundan so‘ng, Amerika harbiy havo kuchlari eronparast qurolli guruhlarga qarshi hujum qilgandi.