DTM rahbari milliy test tizimi savollari tarqalib ketganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi savollari tarqalib ketgandi. Holat bo‘yicha Davlat test markazi munosabat bildirib, surishtiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021/2022 o‘quv yilida OTMga qabul parametrlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Davlat test markazi Majid Karimov milliy test tizimi savollari tarqalib ketganiga to‘xtalib, tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

“Milliy test tizimi umumta’lim fanlar bo‘yicha bu yildan boshlab joriy etildi. Lekin so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda test materiallari sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Albatta, bu ma’lumot bizga o‘ziga yarasha signallar orqali yetib keldi. Shu signallar asosida biz tegishli organlarga murojaat qilganmiz. Hozirda tekshiruvlar davom etmoqda. Lekin ularning hisoboti hozir menda yo‘q”, deydi Karimov.

Shuningdek Davlat test markazining direktori test natijalarining javobi qancha muddatda ma’lum bo‘lishiga ham to‘xtalib, shunday dedi:

“Test natijalariga to‘xtalsak masalan oxirgi test 10 iyun kuni o‘tkazilgan bo‘lsa, 23 kun ichida javoblari chiqishi kerak”.


Maqola muallifi

Teglar

Majid Karimov

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing