Heaven's Garden “Tashabbus-2021” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dam olish makoniga borish uchun 8 sabab

Biznes

image

Dunyo bo‘ylab pandemiya hamon davom etmoqda va hozir ta’tilni xorijda emas, balki O‘zbekistonda o‘tkazish ayni muddao. Qayerga borishga boshingiz qotyaptimi? Biz sizga Toshkent viloyatining Oqtosh tog‘-yon bag‘rida, oqtosh qishlog‘ining eng bahavo go‘shasida qad rostlagan Heaven's Garden mehmonxona-dam olish maskanini taklif etamiz. 

Mazkur dam olish maskani dengiz sathidan 1340 metr balandlikda, qo‘riqlanadigan ekologik zonada joylashgan. Mehmonxonaning umumiy yer maydoni 5 gektarni tashkil etadi. 2020 yilda ochilgan mehmonxona allaqachon nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki qo‘shni mamlakatdagi sayyohlarning ham tiliga tushishga ulgurdi. 

Kuni kecha Heaven's Garden mehmonxonasi Prezident sovrini uchun "Tashabbus-2021" ko‘rik-tanlovida "Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkori" yo‘nalishida respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 

Siz ham ijtimoiy tarmoqlarda baland adirlar yoqasida savlat to‘kib turgan, atrofini minglab daraxtlar, archazorlar o‘ragan, hovlisida hovuz tovlanayotgan oppoq binoga va ufqqa qarab tanovul qilayotgan oilalarning suratiga ko‘zingiz tushgan bo‘lishi aniq. Ha, adashmadingiz! Bu aynan Heaven's Garden mehmonxonasi. 

Nahotki, siz hamon ushbu mehmonxonaga borib ko‘rmadingiz? Bo‘lishi mumkin. Chunki dam oluvchilardan kelayotgan talablar shu qadar ko‘pki, yaqin kunlar ichida mehmonxonadagi barcha xonalar band qilib qo‘yilgan. Sayohat qilishni, bahavo joyda hordiq olishni, quyosh taftida toblanishni, mazali taomlardan ta’tib ko‘rib, oqshom shoulariga guvoh bo‘lishni istagan har kim, albatta, Heaven's Garden’ga borib ko‘rishi kerak. Bunga esa 8 sababni quyida sanaymiz:

1-sabab. Turli allergik kasalliklar va bronxial astmaga chalingan bemorlarga shifokorlar bahor va yoz oylarini Toshkent viloyatining Oqtosh tog‘lari yon-bag‘rida o‘tkazishni tavsiya etadilar. Ana shunday kishilar uchun Heaven's Garden mehmonxonasi ayni muddao. Istasangiz xonalarga o‘rnatilgan katta derazalarni ochib, istasangiz tashqarida Oqtoshning toza havosidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 

2-sabab. Mehmonxona 5 gektar maydonda joylashgani bilan bu yer bor-yo‘g‘i 120 kishiga mo‘ljalangan. Ya’ni Heaven's Garden’da nafaqat shahar shovqini, avtomobillar tovushlari, balki odamlarning g‘ala-g‘ovuridan ham xoli bo‘lish, to‘yinib uxlash va dam olish imkoniyati bor. 

3-sabab. Heaven's Garden joylashgan maydon sizga kunduzi va tunlari sayr qilish imkonini beradi. Bu yerda bemalol tonggi sport mashg‘ulotlarini bajarish, quyoshni qarshilash yoki soya-salqinda suhbat qurish mumkin. Bu yerda yurish uchun yashil park zonasi ham mavjud.

4-sabab. Heaven's Garden’ning billurdek tovlanayotgan hovuzi, uning atrofidagi dam olish hududlari va ajoyib manzaraga ko‘rk qo‘shib turgan palmalar allaqachon tilga tushib, ijtimoiy tarmoqlarni zabt etib bo‘ldi.

Hovuz haqiqatan ham boshqa dam olish maskanlarinikidan farq qiladi. Uning kengligi ayollar va erkaklar alohida hududlarda cho‘milishlariga imkon beradi. Shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan sayoz hovuz ham mavjud.

5-sabab. To‘y – to‘ydek, echki – qo‘ydek bo‘lsin. Dam olish ham shohona o‘tsin. Hovuzda cho‘milgandan keyin massaj olishga nima deysiz? Shuningdek, sizni turk hammomi, sauna, ichki hovuz va SPA xizmatlari ham kutib turibdi.

Eng muhimi esa, ozodalik va halollik. Heaven's Garden mehmonxonasi rahbariyati dam olishning aynan bu jihatlariga alohida e’tibor beradi. 

6-sabab. Bu yerda bolalar ham zerikib qolmaydilar. Mehmonxonada bolalar uchun ichki va tashqi o‘yingohlar majud bo‘lib, farzandlaringiz bu yerda xavfsiz bo‘ladilar.

Shuningdek, Heaven's Garden’da bolalarni haqiqiy ertaknamo hordiq kutmoqda. Eng ajoyib super qahramonlar – Fiksiki, Ledi Bag, kapitan Amerika jumadan yakshanbagacha Heaven's Garden’da mehmon bo‘lib, farzandlaringiz bilan ko‘plab konkurslar, musobaqalar o‘tkazadilar. 

7-sabab. Har qanday mehmonxona va dam olish maskani, restoranda interer va ko‘rsatiladigan xizmatlar har qancha a’lo bo‘lmasin, agar taomlar mazali bo‘lmasa, unda ta’bingiz xira bo‘ladi. Heaven's Garden’da esa bu borada muammo yo‘q.

Mehmonxonada uchta restoran mavjud. Bularning biri ochiq havoda, takrorlanmas manzara, bulutlarga to‘la osmon ostidagi terassa bo‘lsa, ikkichisi yorqin chiroqlarga burkangan olis shaharni oynalar ortidan tomosha qilishga mo‘ljallangan yopiq restoran. Bu yerda olisdagi shahar manzarasiga monand sokinlik hukm suradi. Shuningdek, kuy-qo‘shiq, raqs, karaoke muxlislari uchun alohida restoran ham mavjud.

Eng muhimi, uchala restoran ham sizga tanish bo‘lgan taomlar, yangi va yoqimli tam, butkul zamonaviy taqdim etish shakli bilan sizni kutmoqda. Salatlarni aytmaysizmi, salatlarni, bay-bay-bay. Ayniqsa, palovni dasturxonga qanday tortiq etishlarini ko‘rsangiz edi...

8-sabab. Endi asosan erkaklarni o‘ylantiradigan sabablarga kelsak. Bu yerda narxlar ancha mo‘tadil. Restoran ham kissangizni qoqib olmaydi. Qolaversa, avtomobillarga mo‘ljallangan katta avtoturargoh mavjud. Sizning mulkingiz xuddi o‘zimiznikidek 24 soat muntazam qo‘riqlanadi. 

Ma’lumot uchun: 

Bugungacha uchta binodan iborat bo‘lgan Heaven's Garden mehmonxonasiga kuni kecha yana bir bino qo‘shildi. Ayni vaqtda bizda jami 46 ta xona mavjud. Ularning 4 tasi lyuks, 12 tasi yaris-lyuks, 26 tasi standart va 4 tasi ekonom xonalardir.

Yangi qurilgan binoda esa yana 15 ta xona va VIP nomer mavjud. Oilaviy xonalarda ota-onalar va bolalar uchun alohida yotoqlar o‘rnatilgan. VIP nomer esa butun bir qavatni o‘z ichiga oladi. Oshxonadan tortib, kinozallarigacha bor. 

Sizni Heaven's Garden’da kutib qolamiz!

Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh

Ma’lumot uchun telefon: +99870 202 01 01

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turizm Heaven's Garden

Baholaganlar

79

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing