To‘qayev Aripovni orden bilan mukofotladi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

To‘qayev bugun, 2 iyun kuni Abdulla Aripov bilan uchrashib, yakunda uni qozoq-o‘zbek munosabatlari va do‘stligining mustahamkamlanishi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlagan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv davomida To‘qayev va Aripov ikki davlat savdo ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishni muhokama qilgan. Shuningdek, To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlar borasida o‘z fikrlarini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston Abdulla Aripov

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing