Benzin narxi oshdi. Odamlar nima deydi?

Jamiyat

Kecha, 7 may kunidan Toshkentda qator markalardagi benzin narxining ko‘tarilgani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, QALAMPIR.UZ jamoasi aholining fikrini bilish maqsadida haydovchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijasida ma’lum bo‘ldiki, aholining asosiy qismi narx-navoning oylik maoshga mutanosib emasligidan norozi. Ayrim fuqarolar esa bu holatni normal deb hisoblaydi.

7 maydan e’tiboran yoqilg‘i quyish shoxobchalarida quyidagicha yangi narxlar o‘rnatilgan:

  • AI-80 — 5700-5800 so‘m
  • AI-92 — 6850-7000 so‘m
  • AI-95 — 7300-7500 so‘m

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada, ya’ni 26 aprel — 2 may kunlari sotuvchi korxonalar avtomobil benzinining birjadagi boshlang‘ich narxlarini oshirdi.

Birja savdolariga 38 599 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 12 292 tonnasi, ya’ni 31,8 foizi sotildi. Sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 361,8 ming so‘mdan 6 474,3 ming so‘mgacha yoki 1,8 foizga ko‘tardi.

Shu munosabat bilan AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 362,1 ming so‘mdan 6 475,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,8 foizga — ya’ni sotuvchilarning boshlang‘ich narxlarini ko‘tarishi hisobiga o‘sdi. AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 468,1 ming so‘mni, AI-91 – 7 723,8 ming so‘mni tashkil etdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

benzin

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing