Kreml Bayden Putinni “qotil” deganiga javob qaytardi
Olam
−
18 mart 2021
15903AQSH Prezidenti Jo Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin haqida aytganlari “juda yomon” deb baholash mumkin. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning aytganlariga shunday munosabat bildirdi.
"Men bunga munosabat bildirib, ko‘p narsa demoqchi emasman. Bu Baydenning juda yomon mulohazasi ekanini aytishim mumkin”, degan Peskov.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Bayden Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash niyatida emasligini ochiqchasiga ko‘rsatdi. Kelgusida Kreml Vashington bilan munosabatlarini qurishda shuni ham inobatga oladi.
“U [Bayden] shak-shubhasiz mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilamoqchi emas. Kelajakda biz shundan kelib chiqamiz”, deya ta’kidlagan Peskov.
Peskov Rossiya va Putinga haqidagi Baydenning bayonotlariga o‘xshash bayonotlar ikki mamlakat munosabatlarida yangi so‘z bo‘lganini urg‘ulagan.
“Albatta, bu tarixda bo‘lmagan”, degan u.
Bundan tashqari, Peskov Rossiya va AQSH munosabatlarini “juda yomon” deb baholagan.
Avvalroq, Prezident Bayden Putinni “qotil” deb atagandi. Shuningdek, Moskva AQSHdagi saylovlarga aralashgani uchun javob berishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi