Jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan Makgregor ayblovga munosabat bildirdi
Sport
−
22 yanvar 2021
8006Avvalroq, ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinayotgani haqida xabar bergandik.
Joriy yilning 19 yanvar kuni Irlandiyaning ikki fuqarosi, ona va qiz Konorni sudga bergani aytilgandi.
Makgregorning o‘zi ushbu ayblovlarga munosabat bildirdi.
"Eski ish. Ikki yil davomida tekshirilgan va mendan barcha gumonlar olib tashlangan, men aybsizman. Hammasi shu. Hayotimda juda ko‘p yaxshi narsalar bor. Ushbu dam olish kunlari meni katta musobaqa kutmoqda, men ham uni intizorlik bilan kutyapman", degan Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, ikki kundan so‘ng, 24 yanvar kuni Konor Makgregor Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Shu paytgacha uch marotaba katta sport bilan xayrlashgan Konor hisobida 22 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor. Uning raqibi Dastin Pore esa faoliyatida shu paytgacha 26 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.