Fotoreportaj: Toshkentda muz maydoni ochildi

Bu qiziq

image


Havo harorati juda sovuq.  Qo‘llarida kamera va mikrofon ko‘targan jurnalistlar, iloji boricha qalin kiyingan tomoshabinlar.  Barcha poytaxtdagi ochiq osmon ostidagi muz maydonining ochilish marosimiga kelgan. Kecha, 7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldida ochiq muz maydoni ishga tushirildi.
 

Loyihani Toshkent shahar hokimi  Jahongir Ortiqxo‘jayev ochib berarkan, ushbu muz maydonini ishga tushirishdan maqsad aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ekanini aytdi. 

Ochiq osmon ostidagi muz maydonida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra, u marosimda qatnashmadi. Uning nutqi boshlovchilar tomonidan o‘qib eshittirildi.   Poytaxt markazidagi mazkur muz maydoni bir oy muddatda faoliyat olib boradi. Bu vaqt mobaynida muz maydonida qator madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari tashkil etiladi.“ Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, shuningdek xokkey bo‘yicha o‘smirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar shular jumlasidandir. 

Shahar muz maydoni ochilishida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin o‘zining “Qish” dasturi bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, ochilish marosimida o‘zbek estradasi yulduzlari ham o‘z chiqishlari bilan qatnashdi.

Muz maydonidan foydalanish bepul, biroq unda uchish uchun maxsus poyabzal ijaraga olinadi. 

7 yanvardan boshlab har kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha shahar ochiq osmon ostidagi muz maydonida O‘zbekistonning xokkey, figurali uchish va muz ustidagi raqs bo‘yicha bepul mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Kechki vaqt esa xokkey bo‘yicha bolalar turniri hamda yosh figuristlarning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tadi.


 

 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Turizm Muz maydoni shahar hokimi

Baholaganlar

69

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing