Oq uydagi so‘nggi Rojdestvo: Melaniya bayram archalarini qabul qilib oldi

Olam

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi turmush o‘rtog‘i davrida Oq uyda o‘tkazadigan so‘nggi Rojdestvosi uchun kelitirilgan archalarni qabul qilib oldi. 

Yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo ta’tillarida Oq uyni bezatadigan archa Amerika Prezidenti qarorgohiga yetkazildi, deb yozmoqda mahalliy OAV.  

An’anaga ko‘ra, balandligi 5-6 metrga yetadigan archani Oq Uyga qo‘ng‘iroqlar bilan ot aravachada  olib kelingan. Oq uyga kiraverishda AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp an’anaviy tarzda G‘arbiy Virjiniyadan poytaxtga yetib kelgan archa bilan tanishgan va uni o‘rnatishga rozilik bergan. Marosim paytida Dengiz Korpusi harbiy orkestri Rojdestvoga oid mashhur asarlarni ijro etgan. Bu yil archa Oq uyning Moviy xonasini bezatadi. 

Oq uyda Rojdestvo archasini o‘rnatish an’anasi 1889 yilda, AQSHning 23-prezidenti Benjamin Garrison birinchi marta Sariq xonaga bayram archasini o‘rnatgan paytdan boshlangan. 1912 yildan beri AQSHning 27-prezidenti Uilyam Taft ma’muriyati davridan archa Moviy xonani bezatib kelmoqda. 

Kapitoliy tepaligidagi Rojdestvo daraxti

Shuningdek, Kongressning G‘arbiy maysazoriga Rojdestvo daraxti – 18 metrli ko‘k archa o‘rnatildi. Archa, o‘tgan yilgidek, Nyu-Meksiko shtatidan keltirilgan. Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi (Kaliforniya shtatidan demokrat) an’anaviy tarzda kelgusi haftadagi marosimda archa chiroqlarini yoqadi. Kapitoliy tepaligidagi Rojdestvo archasi "xalq", Oq uyda o‘rnatilgan archa esa "milliy" deb hisoblanadi. 

Kongress tashqarisidagi Rojdestvo archasinining chiroqlarini yoqish an’anasiga 1964 yilda Vakillar Palatasining Spikeri Jon Makkormak tomonidan asos solingan.

Ma’lumot o‘rnida, har yili AQSH Prezidenti rafiqalarining Oq uyni Rojdestvoga bezatishi alohida voqelik sifatida qabul qilib kelinadi. O‘tgan yili Melaniya Tramp Oq uyni haqiqatan oqlikka burkagandi. Undan oldingi yilda esa bezaklardan tortib, archalar ham qizil tus olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rojdestvo Melaniya Tramp OQ uy

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing