Lukashenko Belarusga ayol kishi Prezident bo‘lmasligini aytdi

Olam

image

Belarus jamiyati ayollarning mamlakat prezidenti bo‘lishiga tayyor emas. Bu haqda davlat rahbari Aleksandr Lukashenko aytib o‘tdi.

"Bizning jamiyatda ayol kishiga ovoz berish uchun yetuklik yo‘q. Chunki Konstitutsiyaga ko‘ra, Prezident kuchli hokimiyatga ega bo‘ladi", deydi Lukashenko.

Shuningdek, u Litvaning sobiq prezidenti Dali Gribauskayte roli va ta’siri haqida shubha bildirdi.

"Dalya Gribauskayte lavozimga keldi, jilmayib o‘tirdi va ketdi. U hech narsaga javob bermaydi. Chunki Litva Prezident boshqaradigan davlat emas. U yerda Parlament hammasini hal qiladi", deydi Lukashenko.

Belarus rahbari keyingi prezidentlik saylovida erkak kishi Prezident bo‘lishiga ishonishi aytdi.

"Biz bunday qilmaymiz. Erkak kishi Prezident bo‘ladi, men bunga aminman", deb qo‘shib qo‘ydi Lukashenko.

Hozirda to‘rt nafar ayol prezidentlik uchun nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir qancha belarusliklar keyingi Prezident ayol kishi bo‘lishini xohlashlarini aytib o‘tishgan. Ma’lumot uchun, mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi 9 avgust kuni o‘tkazilishi belgilangan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing