Rossiyalik chegarani buzgach, qo‘lga olindi

Olam

image

Finlyandiya Chegara xizmati xodimlari mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilib, Rossiya fuqarosini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda TASS. 

Chegarachilar 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 davlat chegarasini buzganlikda gumon qilinib, 33 yoshli rossiyalik erkakni ushladi. U 1 sentyabr kuni Lappenranta shahri yaqinida chegaradan noqonuniy ravishda o‘tganlikda gumon qilmoqda. 

Erkak Finlyandiya tomondan chegaradan 2 kilometr uzoqlikda ushlangan, u hibsga olish paytida qarshilik ko‘rsatmagan.

So‘roqlardan so‘ng, u chegarachilarga topshiriladi. Suddan keyin  esa uni Rossiyaga deportatsiya qilish rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

chegara Rossiya fuqarosi

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing