Haydovchining uquvsizligi bir oilaga kulfat olib keldi
Olam
−
02 Oktabr 2019
6985Tojikistonning Xo‘jand shahrida Mercedes-Benz haydovchisi ikki farzandi bilan ketayotgan ayolni urib yubordi, bolalarning bittasi vafot etdi, Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avtohalokat shu yilning 30 sentyabr kuni kechqurun Xo‘jandning 31-kichik tumanida yuz berdi. Xorijiy markadagi avtomobilining haydovchisi Baxtiyor Adhamov boshqaruvni yo‘qotib, Maysara Rajabova va uning ikki farzandini urib yuborgan. Natijada 6 yoshli Nuronaxon voqea joyida vafot etgan. Uning ukasi Nurullo hamda onasi Maysara shifoxonaga yotqizilgan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, har yili Tojikistondagi avtomobil yo‘llaridagi halokatlar natijasida 400 ga yaqin odam nobud bo‘ladi va 1 ming 200 dan ortiq odam jarohat oladi.
Piyodalar, shu jumladan bolalar ko‘pincha yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylanadi.
LiveBarchasi