Qozog‘iston AQSH bilan kelishib oldi
Olam
−
08 aprel 2020
9809Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev AQSH Davlat kotibi Maykl Pompel bilan yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi.
To‘qayev AQSH rahbariyatiga Qozog‘istonga gumanitar yordam yuborgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Amerika diplomatiyasining rahbari Vashington pandemiyani tezda bartaraf etish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlariga epidemiologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidlagan.
Suhbat davomida qozoq-amerika siyosiy muloqotini yanada chuqurlashtirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani aytilmoqda.
Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatishda davom etishini ta’kidlab, suhbatdoshlar Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni saqlash borasida yaqin qo‘shma ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidlaganlar.
Ayni vaqtda koronavirus tarqalishi borasida AQSH old o‘rinda bormoqda. Mamlakatda qariyb 400 ming kishi ushbu xastalikka chalingan. Vafot etganlar esa 12 911 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 22 539 nafari sog‘aygan.
Qozog‘istonda esa koronavirusga chalingan bemorlar 709 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 7 nafari vafot etdi, 53 nafari sog‘aydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi turolmasligini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi