AQSHning Eronga qarshi rejasi amalga oshmay qoldi

Olam

image

AQSHning Eronga nisbatan qurol-yarog‘ embargosi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida yetarlicha ovoz yig‘a olmadi. Bu haqda avgustda Xavfsizlik Kengashida raislik qilishi belgilangan Indoneziyaning BMTdagi vakili Dian Trianshax ma’lum qildi.

“Rezolyutsiyani yoqlab 2 davlat, unga qarshi 2 davlat ovoz berdi. 11 ta davlat ovoz bermadi. Shu tariqa hujjat qabul qilinmadi”, degan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Xitoy rezolyutsiga qarshi bo‘lgan. AQSH va Dominikan Respublikasi uni yoqlagan. Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Vetnam, Janubiy Afrika, Indoneziya, Niger, Sent-Vinsent va Grenidad, Tunis va Estoniya ovoz bermagan.

Ma’lumot uchun, Eronga qurol olib kirish uchun o‘rnatilgan taqiq 2020 yilning 18 oktyabr kuni tugaydi. AQSH yangi loyihada Eronga nisbatn qurol embargosini BMT Xavfsizlik Kengashi tegishli qarorni qabul qilmaguncha joriy qilishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT AQSh-Eron

Baholaganlar

373

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing