Idlibda urush harakatlari boshlandi

Olam

image

Suriyaning Idlib viloyatidagi Serakib okrugida suriyalik muxolifat kuchlari va hukumat armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar yirik ko‘rinishga keldi. Hozirda Serakibga tutash bo‘lgan strategik muhim Neyrab qishlog‘ida shiddatli janglar bo‘lib o‘tmoqda. Janglar kecha, 21 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da boshlandi.

Rossiya aviatsiya-kosmik kuchlari hukumat armiyasini, Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) esa muxolif guruhlarini havodan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Muxolifat bir kun oldin boshlagan hujumi natijasida, Neyrab ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, rus aviatsiyasining ommaviy bombardimon qilinishi tufayli muxolifat qishloqqa kirish joylarida chekinishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Serakib Suriyaning eng yirik shaharlarini bog‘laydigan M4 va M5 ulanadigan magistral yo‘llarida joylashgan. Suriya hukumati joriy yilning 8 fevral kuni bu magistral ustidan  nazoratni qayta tiklagan edi.

2018 yil 17 sentyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Turkiya va Rossiya prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Suriyaning Idlib shahrida qurolsizlantirilgan zonani yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ammo Asad rejimi, Eronga xayrixoh xorijiy guruhlar va Rossiyaning Idlibga qilgan hujumlari to‘xtamadi.

Suriyadagi urush 2011 yil mart oyida, tinch namoyishlar qurolli mojarolarga aylanib, harbiylar namoyishchilarga qarata o‘t ochgandan keyin boshlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy Komissariyati ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi mojarolar yillari davomida 6,6 million kishini o‘z uylarini tark qilishga majbur qilgan, 5,6 million kishi qochqin maqomini olgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Idlib

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing