Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilyapti. Bu O‘zbekiston ob-havosiga ta’sir qiladimi?

Bu qiziq

image

“Kazgidromet” taqdim etgan ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, 23-25 aprel kunlari Qozog‘iston hududida qor, momaqaldiroq va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.

Sinoptiklarga ko‘ra, yaqin kunlarda Shimoliy siklon Qozog‘istondagi ob-havoga ta’sir qilishi kutilmoqda. Joylarda kuchli yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Respublikaning shimoliy qismida kuchli shamol esadi.

Xo‘sh, bu ob-havo O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatadimi? Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘zbekiston hududining katta qismida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 17-22 daraja atrofida, 20-22 aprelda kunduzi 25-30 daraja, 23-24 aprelda 27-32 daraja, janubda va cho‘l zonasida ayrim joylarda 33-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bunday haroratlar shu davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqoridir. Eslatib o‘tamiz, aprelning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordlari 32-34 darajani, janub va cho‘l zonalarida esa 35-37 darajani tashkil qilgan.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga haftaning ikkinchi yarmida g‘arbiy Qozoqistondan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. 23 aprelda Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat pasayib 24 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ob-havo

Baholaganlar

581

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing