Shavkat Mirziyoyev Tokioga uchib ketdi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
4635O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifining Nagoyadagi tadbirlarga boy dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.
Davlat rahbari Tokioga jo‘nab ketdi. Aeroportda Prezidentimizni Aichi prefekturasi va Nagoya shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev Nagoyada Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Aichi prefekturasi o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari Nagoya shahri meri Takasi Kavamura bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Nagoya universitetida bo‘lib, Nobel mukofoti sovrindorlari va o‘zbekistonlik talaba yoshlar bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyevga nagoya universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
LiveBarchasi