Qozog‘iston Xitoy bilan yo‘lovchi tashishning barcha turlarini to‘xtatadi
Olam
−
29 yanvar 2020
5397Bugun, 29 yanvardan e’tiboran Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi avtobus qatnovi to‘xtatildi. Bu haqda Qozog‘iston Hukumati Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora 29 yanvardan boshlab avtobuslar orqali yo‘lovchi tashishga, fevraldan esa temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish, 3 fevraldan avivqatnovlar to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Xitoy fuqarolariga viza berishni ham to‘xtatgan. Hukumat, shuningdek, Xalqaro tennis federatsiyasining Federatsiya kubogi saralash o‘yinlarini Dongguan shahridan Nur-Sultonga o‘tkazish taklifini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda ushbu virusdan kasallanganlar soni 5974 nafarga yetdi, qurbonlar soni 132 nafar. Dunyo bo‘yicha ushbu virusni yuqtirganlar 6062 nafarga yetdi.
Sharipov Nurulloh
LiveBarchasi