Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 170 mingga yaqinlashdi. Qurbonlar 6,5 mingdan oshdi

Olam

image
Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi north_east

Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Bugun, 16 mart holatiga dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 169 605 nafarga yetdi. Shu tariqa Xitoydan tashqarida virus yuqtirganlar soni COVID-19 o‘chog‘ida u bilan kasallanganlardan ortib ketdi.

Xitoyda ayni vaqvda 80 860 nafar bemor aniqlangan. Xitoydan boshqa davlatlardan aniqlangan jami bemorlar soni 88 745 nafarga yetdi. Jumladan, Italiyada 24 747 nafar, Eronda 13 938 nafar, Janubiy Koreyada 8236 nafar, Ispaniyada 7845 nafar, Germaniyada 5813 nafar, Fransiyada 5423 nafar, AQSHda 3777 nafar odamda koronavirus aniqlangan.

Koronavirusdan davolanganlar soni 77 772 nafarga yetdi. Ammo 5921 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Virusdan vafot etganlar soni 6518 nafarni tashkil etyapti. Koronavirus bugungacha dunyoning 157 mamlakatiga kirishga ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan. Undan so‘ng yana uch kishida koronavirus aniqlandi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing