Oliy Majlis byudjeti to‘g‘risidagi ixcham qonun qabul qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisining ikkinchi kuni boshlangani haqida xabar bergan edik.

Senatorlar kun tartibidagi masalalarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasidan boshladi.

Mazkur qonun 6 ta moddadan iborat bo‘lib, u bilan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Jumladan, Oliy Majlis palatalarining xarajatlar smetasini tasdiqlash to‘g‘risida amalda bo‘lgan funksiyasi mazkur Qonun bilan palatalar Kengashlariga o‘tkazilib Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisining vakolatlaridan chiqarib tashlanadi.

Mazkur qonunni 80 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi. 1 nafar senator betaraf qoldi va 2 nafari ovoz bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Senat Qonunchilik palatasi yalpi majlis

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing