Qozog‘iston chorva hayvonlarining eksportiga taqiq qo‘ydi
Olam
−
15 Oktabr 2019
4994Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri 2019 yil 10 oktabrdan “Qishloq xo‘jaligi xayvonlari eksportining ayrim masalalari to‘g‘risida” qo‘shma buyruqni imzoladi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi hududidan tirik qoramollarni, xususan, bir yoshgacha bo‘lgan buzoqlarni, bir yoshdan oshgan buzoqlarni, sigir va qo‘ylarni, echkilarni, olib chiqishga olti oylik taqiq qo‘yildi.
Qo‘shma buyruq birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan keyin (11 oktyabr) 10 kalendar kundan keyin kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik tadbirkorlar keyingi vaqtlarda Qozog‘istondan qoramol, qo‘y va echkilarni sotib olayotgan edi. Ayni paytda Qozog‘istonning o‘zida go‘sht mahsulotlari narxi ko‘tarilgan.
LiveBarchasi