Hujjatlarni qalbakilashtirgan Ronaldino uy qamog‘iga olindi
Sport
−
08 aprel 2020
5581Kataloniyaning “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino uy qamog‘iga olindi. Bu haqda “As” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbol bo‘yicha 2002 yil jahon chempionini tergov hibsxonasidan Paragvaydagi shaxsiy uyiga olib o‘tishgan. Buning uchun futbolchi 1,6 million dollar miqdorida garov puli to‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldinoga nisbatan hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. U soxta pasport bilan Paragvayga kirgani sabab, u mahalliy politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldino Braziliya terma jamoasi safida 96 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg‘ol qilgan. 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiya mezbonlik qilgan jahon chempionatida Ronaldino oltin medalga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi