Hujumchisiz “Barselona” Kavani bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani yaqin kelajakda “Barselona” futbolchisiga aylanadi. Ispaniya jamoasi allaqachon futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli Kavani 2022 yilning yanvar oyi boshida Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolaydi. Endi urugvaylik forvard amaldagi klubi bilan shartnoma bekor qilinishini kutmoqda. “Barselona” boshqa hujumchilarni ham ko‘rib chiqqan, ammo Kavani variantida to‘xtagan. “Ko‘k-anorranglilar”ning bunday qarorga kelishiga futbolchining o‘zi jamoaga o‘tishdan manfaatdor bo‘lgani, shuningdek, “Barsa” La ligada mavjud bo‘lgan moliyaviy cheklovni maromiga solishi uchun dastlabki 6 oyda maoshini kamaytirilishiga rozi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Ayni paytga kelib, Xavi bosh murabbiyligidagi jamoaning barcha hujumchilari jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kavani 2020 yilning kuzida “Manchester Yunayted”ga PSJdan kelib qo‘shilgan. U APL joriy mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi Ispaniya La ligasi turnir jadvalida 17 o‘yinda 27 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Yunayted PSJ Xavi Kavani

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing