Husiylar Saudiya portiga 6 ta ballistik raketa uchirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati Eron bilan ittifoqchi husiylar kecha, 14 avgust kuni Qizil dengiz sohilidagi Moxa portiga 6 ta ballistik raketa otgani va kamida 4 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Yaman qurolli kuchlarining bayonotiga ko‘ra, husiylarning Moxaga hujumi fuqarolik ob’ekti, iqtisodiy va dengiz infratuzilmalariga qaratilgan. Hujum oqibatida port qo‘riqlash xodimlaridan biri halok bo‘lgan, ikki nafar dengizchi bedarak yo‘qolgan va sakkiz nafar fuqaro jarohatlangan.

Harbiy manba 14 avgust kuni “Saba News Agency”ga husiylar Moxaga 6 ta raketa otganini, natijada 4 nafar fuqaro halok bo‘lgani va bir nechta baliqchilik qayig‘i yonib ketganini aytgan.

Husiylar esa Moxada Saudiya qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlar va “yollanma askarlar”ga tegishli qurol-yarog‘ hamda harbiy kemalar to‘plangan hududni ballistik raketalar bilan nishonga olganini ma’lum qilgan. Ular hujum oqibatida qayiqlar va qurollar yo‘q qilinganini bildirgan.

Alohida holatda, husiylar nazoratidagi SABA agentligi harbiy manbaga tayanib, guruh Saudiyaning Najron shahridagi Saudi Aramco ob’ektiga dron orqali hujum qilganini xabar qilgan.

Manbaga ko‘ra, Najronga hujum Saudiya harbiy samolyotlarining Yaman shimoli-sharqidagi Sa’da viloyati havo hududiga kirganiga javob bo‘lgan. Xabarda hujumning aniq nishonlari ko‘rsatilmagan va ob’ektga zarba tekkani yoki yo‘qligi aytilmagan.

Saudiya rasmiylari yoki Aramco Najrondagi hujum haqida izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Yamanda husiylar 2014 yilda poytaxt Sano ustidan nazoratni qo‘lga olganidan keyin mojarolar davriy ravishda davom etib kelmoqda. Bu 2015 yilda Saudiya boshchiligidagi harbiy aralashuvga olib kelgan.

2022 yilda BMT vositachiligida erishilgan sulhdan so‘ng yirik janglar asosan to‘xtagan edi. Biroq doimiy siyosiy kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar hanuz to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni janubiga hujum qilishi oqibatida 11 nafar tinch aholi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing