Husiylar sabab Yevropada qimmatchilik bo‘lishi mumkin

Olam

image

Yevropa savdo tashkiloti YeI institutlari va a’zo davlatlarni Qizil dengiz inqirozini hal qilishga chaqirib, Belgiya Tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘lladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Maktubda aytilishicha, kema tashuvchilari qancha uzoqroq yo‘nalishni o‘zgartirishsa, shuncha ko‘p Yevropada iste’molchilar zarar ko‘rishadi va xarajatlar oshadi.

Ma’lum qilinishicha, konteyner kemalari dekabr oyidan beri husiy jangarilarining hujumlaridan qochish uchun Qizil dengizdan uzoqroqqa yo‘naltirilgan. Bu esa Osiyodan Yevropaga mahsulot yuborish uchun Suvaysh kanaliga tayangan kompaniyalarning ta’minot zanjirini uzadi.

Nashrning yozishicha, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi chakana sotuvchilar mahsulotlarning kechikishi sababli xarajatlarning oshishiga duch kelishdi, chunki Afrikaning janubi bo‘ylab muqobil yuk tashish yo‘li 2-3 haftaga ko‘proq vaqt talab etadi. Bu esa yoqilg‘i va mehnat xarajatlarini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husiylar Qizil dengizda AQSH va Britaniya kemalariga hujum qilgan edi. Ushbu harbiy operatsiya Amerikaning Star Nasia kemasiga, Britaniyaning Morning Tide kemasiga qarshi qaratilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

husiylar Qizil dengiz Evropa savdo tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing