Husiylar Rossiya va Xitoy bilan kelishib oldi 

Olam

image

Yaman husiylari Rossiya va Xitoy bilan Qizil dengizda xavfsiz yuk tashish bo‘yicha kelishib oldi. "Bloomberg" nashrining ovoza qilishicha, kelishuvga Ummonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan.

Qayd etilishicha, Muhammad Abdulsalom boshchiligidagi delegatsiya ikki mamlakat diplomatlari bilan uchrashgan. Harakat vakillari Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida harakatlanayotgan Rossiya va Xitoy yuk kemalariga hujum qilmaslikka va’da bergan.

Ma’lumot uchun, Yaman husiylari 2023 yil noyabr oyidan beri Qizil dengizda Isroilga aloqador bo‘lgan kemalarga hujum qilib kelmoqda. Ularning aytishicha, hujumlar Isroil G‘azo sektori blokadasi va Falastin hududidagi harbiy amaliyotini tugatmaguncha davom etadi. 

Aytish joizki, Qizil dengizda dunyoning eng muhim savdo yo‘llari joylashgan. Shu bois ham, dengizda yuk tashishni himoya qilish uchun Qo‘shma Shtatlar 2023 yil oxirida Operation Prosperity Guardian ("Farovonlikni himoya qilish bo‘yicha) operatsiyasini boshladi. Ushbu operatsiyada AQSHning qator hamkor davlatlari ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Husiylar Rossiya va Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing