Husanovning transfer narxi yangilandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi 35 million yevroga ko‘tarildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Husanovning yangilangan narxi eskisidan 23 million yevroga qimmatlab, 35 million yevroga baholandi.

Ma’lumot o‘rnida, Husanov yanvar oyida “Manchester Siti”ga kelib qo‘shilgan va o‘shanda transfer narxi  12 million yevro edi. “Shaharliklar” futbolchini 45 million yevroga sotib olgandi. Husanov “Manchester Siti” safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, u fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti O'zbekiston milliy terma jamoasi Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing