Husanovning “Real”ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushish ehtimoli oshdi
Sport
−
12 fevral 2025 11148 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Manuel Akanji Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Hozircha Akanjining jarohatdan tiklanishiga qancha vaqt ketishi haqida ma’lumotlar mavjud emas. “Shaharliklar” himoyasidagi yana bir futbolchi jarohat olgani o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning keyingi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimolini oshiradi.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli shveysariyalik futbolchi 1 bo‘limdan so‘ng o‘yinni davom ettira olmadi. Keyin uning o‘rniga Riko Lyuis maydonga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Husanov Angliya kubogi 1/16 final bosqichi ramziy jamoasiga kiritilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28