Husanov Angliya kubogi ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
12 fevral 2025 9608 1 daqiqa
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Angliya kubogi 1/16 finali rasmziy terma jamoaga kiritildi. Bu haqda “Sofascore” xabar berdi
Nashr tomonidan tuzilgan ramziy jamoaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 7.8 balga loyiq ko‘rildi. Ushbu jamoadan Morgan Rojers, Deyan Kulusevski, Jo Uillok kabi APLning taniqli futbolchilari o‘rin oldi. Eng yuqori balni “Ipsvich” futbolchisi Jo Klark oldi. U 9.8 balga loyiq ko‘rildi.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Leyton” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yinning 56-daqiqasida zaxiradan bahsga qo‘shilgan Abduqodir Husanov gol urib, hisobni tenglashtirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Husanov hozirga qadar “Manchester Siti” tarkibida 2 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025