Husanovning asosiy tarkibdagi joyini olib qo‘ygan futbolchi “Siti”ga g‘alaba keltirdi

Sport

image

Bugun, 19 aprel kuni Angliya Premer-ligasi 33-turida “Manchester Siti” “Everton” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. 

Uchrashuvning 84-daqiqasida “shaharliklar” himoyachisi O’reyli hisobni ochdi. 90+2 daqiqada Kovachich oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Shu tariqa, “Manchester Siti” ochkolar sonini 58 taga yetkazib oldi. Onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Qayd etish joiz, Husanov qatorasiga to‘rtinchi o‘yindirki maydonga tushgani yo‘q. Shuningdek, O’reyli kubok bahsida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan keyingi 4 o‘yinda asosiy tarkibdan o‘rin olmoqda. Husanov esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing