Husanovga qiziqayotgan “Man Siti” darvoza chizig‘iga ham yangi nomzod qidirmoqda

Sport

image

“Manchester Siti” eishonchli o‘yin ko‘rsatmayotgan va klubni tark etishi mumkin bo‘lgan braziliyalik darvozabon Edersonning o‘yinlaridan norozi. Shu munosabat bilan “shaharliklar” yangi darvozabon izlamoqda. Klub hozirda Italiya A Seriyasidan uch nomzodni nishonga olgan. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” “Yuventus”dan Mikele Di Gregorio, “Parma”dan Sion Suzuki va “Latsio”dan Vanya Milinkovich-Savichni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Di Gregorio “Manchester Siti” uchun ustuvor variant hisoblanadi. “Yuventus” mavsum o‘rtasida o‘z darvozabonini sotishni istamaganiga qaramay, tomonlar allaqachon aloqada bo‘lgan. Umuman olganda, “keksa sinora” Mikele bilan xayrlashishni istamayapti, ammo foydali taklif turinliklar fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Qayd etish joiz, hozirda “Man Siti” o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi Husanov transferida asosiy da’vogar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Ederson Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing