Husanov va Reysni bir vaqtda tushirish katta tavakkal edi – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Leyton Oriyent”ga qarshi Angliya kubogi doirasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqida gapirdi.

“Rejamda Ruben Diashni faqat 45 daqiqa o‘ynatish o‘rin olgan edi, chunki u yaqinda jarohatdan qaytgandi. Men ikkita yangi o‘yinchi – Abduqodir Husanov va Vitor Reisni bir vaqtning o‘zida o‘yinga kiritishni xohlamadim. Bu juda katta tavakkal edi”, deydi Gvardiola.

 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin yakuniga yetgan o‘yinda “Manchester Siti” mehmonda “Leyton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 56-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola shogirdlari navbatdagi bahsni Toshkent vaqti bilan 12 fevralga o‘tar kechasi Chempionlar ligasi doirasida “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Gvardiola Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing