Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Siti” yutqazdi
Sport
−
08 mart 2025 8362 1 daqiqa
Angliya Premer ligasi 28-turi markaziy o‘yinlaridan birida “Nottingem” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida “Nottingem” hujumchisi Kallum Xadson-Odoi gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, g‘alaba qozongan “o‘rmonchilar” ochkolarini 51 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rinni mustahkamladi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin “shaharliklar” ochkosi 47 taligicha qoldi va 4-o‘rnni band etmoqda.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart