Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester  Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Husanovdan tashqari  Bernardu Silva va Janluidji Donnarumma nomzodi ham yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi ko‘rsatilgan. G‘olibni aniqlash klubning rasmiy veb sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov ushbu oyda “Manchester Citi” safida to‘rtta musobaqa doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozirda “shaharliklar” APL jadvalida 47 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bernardu Silva Abduqodir Husanov “Manchester  Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing