Husanov “Nottingem”ga qarshi o‘yinda necha ball oldi?
Sport
−
08 mart 2025 8436 1 daqiqa
“Sofascore” tomonidan Angliya Premer ligasi doirasida “Nottingem”-“Manchester Siti” o‘ynidan keyin futbolchilarga qo‘yilgan ballar e’lon qilindi. “Shaharliklar” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ushbu bahsda 7.3 ballga loyiq ko‘rildi.
Ushbu o‘yinda eng yuqori ballni “Nottingem” hujumchisi va bahsdagi yagona gol muallifi Kallum Xadson-Odoi oldi va u 7.9 ballga loyiq ko‘rildi. “Shaharliklar” safida Jeremi Doku 7.4 ball bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. O‘yindagi eng past ballni “o‘rmonchilar” yarim himoyachisi Andersen oldi va u 6.4 ballga loyiq ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval tugagan o‘yinda “Nottingem” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28