Husanov “Manchester Siti” mashg‘ulotlariga qaytdi
Sport
−
27 Oktabr 2025 2533 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov jarohatdan tuzalib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Husanov bir necha hafta oldin “Arsenal”ga qarshi o‘yinda oyog‘idan jarohat olgan edi. Shundan so‘ng, u shifokorlar nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘tkazdi va barcha tibbiy tavsiyalarga amal qildi. Endi futbolchi jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarni davom ettirishi mumkin.
“Husanov so‘nggi kunlarda jismoniy holatini sezilarli darajada yaxshiladi. Eng muhimi, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi. Biroq u hali 100 foiz tayyor emas. Biz bu holatga ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz; uni zo‘rlashtirmoqchi emasmiz”, deya ta’kidlagan edi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola.
Klub tibbiy jamoasining fikricha, u to‘liq tiklanishga yaqin. Agar hammasi rejadagidek ketsa, o‘zbekistonlik himoyachi noyabr oyining boshida maydonga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov “Manchester Siti”ning so‘nggi o‘yinlarida o‘ng qanot himoyasida ishonchli harakat qilayotgani sababli jamoa mazkur pozitsiyaga futbolchi sotib olish rejasini vaqtincha to‘xtatgandi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025