Husanov qashshoq mamlakatdan kelgani uchun hammani yanchib tashlashni istaydi – Peti
Sport
−
21 fevral 2025 38095 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Emmanyuel Peti o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni qashshoq mamlakatdan kelgani sabab, kuchli o‘yin namoyish etishini aytdi. Bu haqda “Manchester evening news” xabar berdi.
“Abduqodir juda tez va kurashuvchan futbolchi. U hujumchilar uchun qo‘rqinchli tush. Uning kuchli tomonlari kurashuvchanligi va tezligi sanaladi. Bu yigit qashshoq mamlakatdan katta qiyinchilik bilan kelgani tufayli hammani yanchib tashlashni istaydi”, deydi Peti.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” yanvar oyida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov transferini e’lon qilgandi. Husanov ayni damga kelib klub safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
Barchasi