Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Husanov avtogol urgan o‘yinda “Siti” ochko yo‘qotdi (video)

Sport

image

Angliya Premer-ligasi 29-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qildi va 2:2 durang qayd etdi. Ushbu bahsda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 48-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ushbu bahsni Husanov asosiy tarkibda boshladi. Dastlab Erling Xoland 11-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Mehmonlar himoyachisi Estupinyan jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Taym oxirida Omar Marmush mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Xinshelvudning  zarbasidan so‘ng to‘p Husanovga tegib, darvozadan joy oldi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, “Manchester Siti” ochkolar sonini 48 taga yetkazib, 5-o‘ringa joylashdi. Durangga erishgan “Brayton” 47 ochko bilan 7-o‘rinni band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Siti Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing