“Humo” irodasini namoyish etdi
Sport
−
15 Sentabr 2019
4572Joriy mavsumdan Oliy xokkey ligasi bahslarida ishtirok eta boshlagan Toshkentning “Humo” klubi o‘z muxlislarini quvontirishda davom etmoqda.
“Humo”ning “Ryazan” klubiga qarshi kechgan o‘yindan keyin ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyiga muxlislar oqimi yanada kuchaydi. Avvalgi o‘yindan farqli o‘laroq bu safar toshkentlik xokkeychilar uchrashuv taqdirini birinchi bo‘limdayoq uzil-kesil hal qilib qo‘yishga harakat qildi va 4-daqiqada Voroshilo, oradan ikki daqiqa ham o‘tmay Mosharov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ammo, tezda o‘zini qo‘lga olgan qozonliklar birinchi bo‘limning qolgan vaqtida o‘z darvozasidan boshqa shayba olib chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda ular o‘yin tizginini qo‘lga oldi va hisobdagi farqni qisqartirdi.
So‘nggi uchinchi bo‘limda “Bars” xokkeychilari muvozanatni tikladi ham. Lekin 58-daqiqada Shcherbina “Humo”ga uch ochko taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa toshkentliklar Oliy xokkey ligasida qatorasiga ikkinchi g‘alabasini tantana qildi.
Oliy xokkey ligasi
“Humo” (Toshkent) – “Bars” (Qozon, Rossiya) – 3:2 (2:0, 0:1, 1:1)
Gollar:
1:0. Voroshilo (Mosharov, Sorokin), 03.36.
2:0. Mosharov (Zdunov, Voroshilo), 5.12.
2:1. Vildanov (Pestushko, Valeyev), 36.23.
2:2. Yemes (Bogatov, Voyevodin), 47.14 – ko‘p.
3:2. Shcherbina (Smiryagin), 57.25.
LiveBarchasi