“Humo arena”da “Olimpiya kuni” tantanalari bo‘lib o‘tdi
Sport
−
07 iyul 2019 4725 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan “Humo arena”da “Olimpiya kuni” katta shodiyona bilan nishonlandi. Aytish mumkinki, bu bayram barcha sport ixlosmandlarini, federatsiya va assotsiatsiya vakillarini, qalbi jo‘shqin yoshlarni o‘zida birlashtira oldi. “Humo arena” atrofida mehmonlar uchun barcha sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.


Dastur avvalida boshlovchilar uzoq va yaqin o‘tmishdagi va zamonimiz sporti afsonalarini taklif etib, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadosi ostida tadbirning ochilish marosimi boshlandi. Shundan so‘ng muxlislarga “Olimpiya kuni” haqida yana bir bor ma’lumot berilib, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning bayram tabrigi eshittirildi.


Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvoxidov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda sportga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarning xalqaro maydonda qayd etayotgan yuqori natijalari, jismoniy tarbiya va sportning hayotimizdagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar va sportchilarga bo‘lajak Olimpiada yo‘lida ulkan zafarlar tilab qolishdi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025