Hukmron partiya Imomali Rahmon nomzodini Prezidentlikka ko‘rsatdi
Olam
−
03 Sentabr 2020
5653Tojikiston Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) bugun, 3 sentyabr kuni navbatdan tashqari qurultoy o‘tkazdi. Unda mamlakatning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 11 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga nomzodini ko‘rsatdi. Kongress deputatlari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Bu haqda XDP Markaziy ijroiya qo‘mitasi apparati rahbari Abdurahmon Xonzoda ma’lum qilmoqda.
"Bugun Dushanbeda Tojikiston Xalq Demokratik Partiyasining (XDP) favqulodda qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda delegatlar bir ovozdan Imomali Rahmonni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdilar", deydi Xonzoda. Unga ko‘ra, qurultoy ishida mamlakatning barcha hududlaridan 1000 ga yaqin delegatlar ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Tojikistonda prezidentlik saylovlari 11 noyabr kuni o‘tkaziladi. Prezident 7 yil muddatga saylanadi.
Mamlakatning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 1994 yildan beri uzluksiz davlatni boshqarib kelyapti.
LiveBarchasi