Hukumatning ijro etuvchi tuzilmasi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilmoqda. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Bosh vazir maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi.

Uning o‘rniga Bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga Bobir Islomov tasdiqlandi va shu munosabat bilan u Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

239

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing