Hukumat yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 20 oktyabrdagi qarori bilan Yong‘in xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi  

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga ko‘ra, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik, yirik ijtimoiy-madaniy ob’ektlarda yong‘in-texnik komissiyasi tuzilishi hamda ob’ektning yong‘in xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi kerak.

Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli buyumlar, asbob-uskunalar, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.

1000 nafar va undan ortiq odam sig‘imiga ega bo‘lgan muassasalarda eng yaqin yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon aloqasi o‘rnatilishi kerak.

Ushbu qoidalar quyidagilarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilamaydi:

•  o‘rmon xo‘jaligi hududlarida;
•  kon qazilma va shaxta inshootlarida;
•  portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;
•  sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;
•  havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportida. 

Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, 59 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat shakliga o‘tkazish belgilangan bo‘lib, mazkur Qoidalar shu hujjatlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing