Hukumat o‘qituvchilar maoshi va qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha qaror qabul qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilariga to‘lanadigan qo‘shimcha haqlarning miqdorlarini o‘zgartirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Normativ-hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan qarori loyihasida belgilangan.

O‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Qaror bilan Hukumatning 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan. O‘zgarishga ko‘ra, qarorning 4-bandi birinchi qismi quyidagicha bayon qilinadi:

4. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

“a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;”;

Qarorning 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari







Maqola muallifi

Teglar

maosh o'qituvchi

Baholaganlar

1730

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing