Hukumat pirotexnikaga taqiq qo‘ydi
Jamiyat
−
02 dekabr 2021
7286O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalasi taqiqlanadi.
Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarda litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishi mumkin.
Pirotexnika buyumlarini noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha kompleks choralar ko‘riladi.
LiveBarchasi